O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining institutdagi ijrosi, talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida institutda talabalar o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirildi. Bugun  19-aprel kuni “Umumtexnika fanlari” kafedrasi talabalari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda kafedradagi 321-17  KT, 323-17 KT,  331-17 OOT, 325-17 ESMT, 328-17 ESMT, 223-16 KT va 226-16 KT guruxlari jami 7 ta jamoa ishtirok etishdi. Tanlovda institutning murabbiylar kengashi raisi Xamidov Ma’ruf hamda “Sanoat texnologiyalari” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini SHamshiev Ja’farlar xakamligi ostida bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra 321-17 KT, 331-17 OOT va 328-17 ESBKI va T guruxlari fakultet bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdilar.   “Sanoat texnologiyalari” yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:                                            J.Shamshiev  [gallery ids="5304,5305,5306"]