14  yanvar kuni Jizzax politexnika institutida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan “Vatan himoyasi oliy burch” shiori ostida Jizzax shahrida joylashgan 03195-harbiy qism bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga harbiy qism xodimlari, serjantlar, harbiy qismda xizmat burchini bajarayotgan oddiy askarlar, hamda oddiy askarlarning onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlatimizning mudofaa qobiliyatini aks ettiruvchi amaliy ko‘rgazmali chiqishlar, davlatimiz tomonidan harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, oylik doirasida amalga oshirilgan ko‘pgina ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida so‘z bordi. Uchrashuv davomida Jizzax shahrida joylashgan “Vatanparvar” maktabining bir qancha ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida harbiy qismning mudofaa salohiyatimizga qo‘shayotgan ulkan hissasini ko‘rsatib beruvchi harbiy qurollar ko‘rgazmasi tashkil etildi. [gallery ids="3920,3921,3922,3923,3924,3925,3926,3927,3928,3929,3930,3931,3932,3933,3934,3935"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim