2019 yil 23-may kuni ,,Sanoat texnologiyasi'' fakulteti ,,Q.X.M.Q.I" va "Kimyo" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda ,,Adolat'' SDP Jizzax viloyat kengashi va Jizzax viloyat OITS markazi hamkorligida "Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida'' loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala "Odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm: inson huquqlariga tahdid'' mavzusida suhbatlashishdi. ,,Adolat'' SDP Jizzax viloyat Kengashi rais o‘rinbosari P.R.Xamzayev, Tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi mudirasi M.O.Abdusattorova, Jizzax shahar "Qo‘shchinor" masjidi imom xatibi A.Otaboyev hamda "Q.X.M.Q.I" kafedirasi mudiri O.Qo'ychiyevlar so‘zga chiqib talabalarga mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

  Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov