11  yanvar kuni Jizzax politexnika institutida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan “Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida Jizzax shahrida joylashgan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari, “03195”-sonli  va “25931”-sonli harbiy qismlar askarlari bilan institut sport zalida sportning mini futbol va “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. “Zakovat” intellektual o‘yinlarida O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Jizzax politexnika instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tayyorlangan mantiqiy, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarga oid savollar berildi. “Zakovat” intellektual o‘yinlarining umumiy natijalariga ko‘ra, Jizzax shahrida joylashgan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining “Everst” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Jizzax politexnika instituti jamoasi, 3-o‘rin “03195”-sonli  harbiy qism, 4-o‘rin “25931”-sonli harbiy qism egalladi. SHundan so‘ng Jizzax shahrida joylashgan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari, “03195”-sonli  va “25931”-sonli harbiy qismlar askarlari jamoalari o‘rtasida sportning mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin Jizzax politexnika instituti jamoasi, 2-o‘rin Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, 3-o‘rin “03195”-sonli  harbiy qism, 4-o‘rin “25931”-sonli harbiy qism egalladi. Musobaqada ishtirok etgan jamoalarga institutning faxriy yorliq va sovg‘alari berildi. [gallery ids="3810,3811,3812,3813,3814,3815,3816,3817,3818,3819,3820,3821,3822,3823,3824,3825,3826,3827,3828,3829,3830,3831,3832,3833,3834,3835,3836,3837,3838,3839,3840,3841,3842,3843,3844"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim