20 dekabr kuni Jizzax shahrida joylashgan “03195” sonli harbiy qismda Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatan sha’ni muqaddasdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamadiev va 52 nafar talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalar harbiy xizmatchilarning yashash sharoiti, zamonaviy qurollar, ulardan foydalanish qoidalari, harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi. Tadbir konsert dasturlariga ulanib ketdi. [gallery ids="3508,3509,3510,3511,3512,3513,3514,3515,3516,3517,3518,3519,3520"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim.