24 dekabr kuni SHarof Rashidov tumanida joylashgan “25931” sonli harbiy qismda Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanni qo‘riqlash buyuk sharafdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Mamadiev va 72 nafar talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar harbiy xizmatchilarning yashash sharoiti, zamonaviy qurollar, ulardan foydalanish qoidalari, harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi. Tadbir konsert dasturlariga ulanib ketdi. [gallery ids="3472,3473,3474,3475,3476,3477,3478,3479,3480,3481,3482,3483,3484,3485,3486,3487,3488,3489,3490,3491,3492,3493,3494,3495,3496,3497,3498,3499,3500,3501,3502,3503,3504"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim.