12  yanvar kuni Jizzax politexnika institutida 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan “Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida Jizzax shahrida joylashgan Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari, Jizzax davlat pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti ilmiy-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Do‘smatov Hikmatillo Axmadjonovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ravshanov Lochinbek O‘rinovich, A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolboev Ziyodulla Toirovich, Jizzax politexnika instituti “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi Xidirov Xoshim Ibodullaevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti O‘sarov G‘ayrat Qodirovichlar o‘zlarining Vatanparvarlik, O‘zbekiston tarixi, Mudofaa doktrinasi, xavfsizlik, mafkuraviy tahdidlar haqida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdilar. Tadbir so‘nggida ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etgan ma’ruzachilarga faxriy yorliq va esdaliklar topshirildi. [gallery ids="3885,3886,3887,3888,3889,3890,3891,3892,3893,3894,3895,3896,3897,3898,3899,3900,3901,3902"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim