BMT tomonidan 13 oktyabr xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan 11 oktyabr kuni jizzax politexnika institutida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda yong‘in xavfsizligi viloyat boshqarmasi hamkorligida avtotransport fakulteti talabalari bilan qo‘shma tadbir o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani Nodira Sayidahmedova ochib berdi. Viloyat favqulodad vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Doniyor Xoliqchayev, aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi boshlig‘i Hamroqul Karimov, axborot-tahlil xizmati boshlig‘i, leytenant Akmal O‘razmuhammedov, bo‘lim boshlig‘i, kichik serjant Aziz Meliboyevlar so‘zga chiqdilar. Shundan so‘ng amaliy mashg‘ulotga navbat berildi. Institut hovlisida yong‘in paytida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy ko‘nikma mashg‘uloti ko‘rsatildi. Tadbir yakunida favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan maxsus anjomlar va texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Институт Ахборот Хизмати