2018 yil 15-noyabr kuni Jizzax politexnika instituti hovlisida “Servis” fakulteti professor- o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida "Yong‘in havfsizligi va is gazidan ogoh bo‘ling" mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga  Jizzax viloyat YOXB KVBMG boshlig‘i katta Litinant Fayziev SHoir taklif etildi. Tadbirdan asosiy maqsad  institutda tahsil olayotgan har bir talaba va faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlar ish va yashash joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga kat’iy rioya kilish kerakligi, tabiiy gazdan, elektr asbob-uskunalaridan oqilona foydalanishlari kerakligi, nosoz va qo‘lbola elektr isitish asboblaridan foydalanmasliklari va boshqa yong‘in xavfsizligi koida talablariga katiy rioya qilish va is gazidan zaxarlanish oqibatlaridan extiyot bo‘lishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.  Bundan tashqari yong‘in yoki favqulotda holat sodir bo‘lganda ishchi-xizmatchilar qanday harakat qilishlari, yong‘in o‘chirgichlarning texnik-taktik imkoniyatlari hamda ulardan foydalanish usullari, yong‘inga qarshi suv tarmoqlari ishchi holatda bo‘lish kerakligi, institutda Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 martdagi 89-sonli Qarori asosida tuzilgan ko‘ngilli yong‘in o‘chirish a’zolarining qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerakligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi. Tadbir qizg‘in va savol-javoblarga boy bo‘lib o‘tdi. [gallery ids="2758,2757,2756,2755"]