30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan soat 07:00da “YOUTH DAY” shiori ostida yoshlar marafoni tashkil etildi. Marafon "Sog'diyona" stadioni yonidan SHarof Rashidov bog‘igacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi. Ushbu marafonda Jizzax politexnika institutidan ham bir qancha rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafon yakunida institut "Sanoat texnologiyalari" fakulteti ESBKI va T yo‘nalishi 230-16 guruh talabasi Xolmo‘minova Saboxat eng faol ishtirokchi nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.  

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov