E'lonlar

">

ZAMONAVIY TADQIQOTLAR – DAVR TALABI

ZAMONAVIY TADQIQOTLAR – DAVR TALABI

2018 yilning 14-15 dekabr kunlari Jizzax politexnika institutida “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-sonli, 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-916-sonli va “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari asos qilib olindi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi va xorijda yaratilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish hamda ularni ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Konferensiya natijasida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, talabalar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchi, tegishli sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari olim va mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, o‘zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib beriladi, hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtiriladi. Mamlakatimizning intellektual nufuzini faol reklama qilish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo‘naltiriladi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida tatbiq etishda transport va qurilish inshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari sifatini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishda kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish, oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va ko‘plab sohalarda erishilayotgan ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 178-F-sonli Farmoyishi,  Jizzax viloyat xokimligining 2018 yil 13 yanvardagi  418-sonli xati hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi 233-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektori tomonidan 2018 yil 16 martda  138-AF-sonli buyrug‘i qabul qilindi. “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-texnik konferensiyasi axborot xatida belgilangan tartibda Vazirlik tasarrufidagi OTMlarga, tegishli ilmiy-tekshirish institutlariga etkazildi. Konferensiyaning YAlpi majlisi (2018 yil 14 dekabr) Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori Usmanqulov Alisher Qodirqulovichning kirish so‘zi bilan boshlandi. YAlpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish elektrlashtirish ilmiy tekshirish instituti laboratoriya mudiri Muxammadjon Toshboltaev “Fan samaradorligini baholash indikatorlari” mavzusidagi, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti professori Ilxom Siddiqov “Gidrid energiya ta’minoti manbalarining adaptiv boshqaruv modellari va vositalari” mavzusidagi, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti professori t.f.d. Qodirov To‘lqin Jumaevich “Vliyanie krasyaщix polimernыx plenkoobrazovateley na poristostuyu strukturu koji” mavzusidagi, Samarqand arxitektura va qurilish instituti professori t.f.d. Kubaymurod Ismoilov  “Jizzax - Gagarin” avtomobil yo‘l xolatining sifat ko‘rsatgichini baholash” mavzusidagi, hamda jizzax politexnika instituti “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Zuhra Asrorovaning “Gossipol shiff asoslari supramolekulyar komplekslarini olishning amaliy ahamiyati” mavzusidagi  ma’ruzalari eshitildi. Konferensiyaning sho‘‘ba yig‘ilishlarida (2018 yil 14 dekabr) Vazirlik tasarrufidagi Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Guliston Davlat universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, Namangan Muhandislik pedogogika instituti, Jizzax Davlat pedogogika instituti, Toshkent Davlat arxetektura va qurilish instituti, Samarqand Davlat arxetektura va qurilish instituti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Qaraqalpog‘iston davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrifikatsiyalash ilmiy-tekshirish institutlarining professor-o‘qituvchilari, tegishli sohalar mutaxassis-olimlari, iqtidorli talabalar, doktorant va ilmiy izlanuvchilar hamda oliy o‘quv yurtlaridan etuk olimlarining 250 dan ortiq  ma’ruzalari muhokoma qilindi. [gallery ids="3410,3411,3412,3413,3414,3415,3416,3417,3418,3419,3420,3421,3422"]

TASHKILOT

Jizzax Politexnika instituti axbarot texnologiyalar markazi.

  • dgpi_info@edu.uz
  • +8(372) 2264605
  • JIZZAX SHAXRI ISLOM KARIMOV KO’CHASI 4 UY

Ulashish