2018 yil  22   noyabr kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlovning tantanali ochilishi Jizzax politexnika institutining madaniyat saroyida o’tkazildi. Yig’ilishni viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nazira Muxtorova olib bordi. Tantanali yig’ilishda O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika komissiyasining a’zosi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova,  viloyat hokimi o’rinbosari B.To’xtamishev, Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi direktori E.Shermonov hamda shahar, tuman xotin-qizlar qo’mitalari raislari, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbarlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2018 yil sovrindorlari, shahar, tuman tanlovining g’oliblari ishtirok etdilar. Tantanali yig’ilish tugagandan so’ng, barcha shahar, tuman tanlovining g’oliblari 7 ta yo’nalish (adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va jamoatchilik  yo’nalishlari) bo’yicha alohida seksiyalarga bo’linib ish olib bordilar. [gallery ids="2967,2968,2969,2970"] Институт матбуот котиби Хидиров Хошим.