Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Yangiliklar


“Arxitektura va qurilish”  fakultetining 2017/2018 o‘quv yili mart oyidagi  ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida,

“Erusti transport tizimlari” va “Logistika va servis” kafedralari, hamda O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan hamkorlikda 2018 yil 3 martdagi semenar – trening yig‘ilish bo’lib o’tdi. O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakillari Yanish Kovich, Uzavtosanoat, Uzavtosanoat AJ raisi yordamchisi Raxmetov Sh, kafedra a’zolari kafedra mudirlari dots.O.Adilov, F.Isroilov, kafedra o‘qituvchilari, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i J.Abdunazarov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i T.Berdiyorov va 50 nafar iqtidorli talabalar ishtrok etishdi.

O‘ZBEKISTON VOLEYBOL FEDERATSIYASI AYOLLAR O‘RTASIDA  XXV O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI II – TUR O‘YINLAR JADVALI.

Jizzax politexnika instituti «Jismoniy tarbiya» kafedrasi hamda O’zbekiston voleybol Federatsiyasi hamkorligida muxtasham sport inshoatida  yana bir katta musobaqaga tayyorgarlik ko’rildi. 2018 yil 21-27 fevral kunlari sportning voleybol turidan Ayollar o’rtasidagi XXV O’zbekiston chempionati  II-tur o’yinlariga mezbonlik qilmoqda . Ushbu musobaqada jami 6-ta jamoa ishtirok etmoqda.

“Arxitektura va qurilish” va “Avtotransport” fakultetlarining 2017/2018 o‘quv yili fevral oyida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 25yanvardagi “O‘zbekiston Resbublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3493-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 yanvardagi 79-sonli buyrug‘i hamda Jizzax politexnika instituti rektorining 2018 yil 31 yanvardagi №58 A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax politexnika instituti majlislar zalida, institutda talabalar o‘rtasida immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV, OITS) tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan viloyat OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda, “OITS-Aslida, insoniyatga xavf solayotgan xavf dardi-bedavo kasallik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

interaktiv xizmatlar