Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan soat 07:00da “YOUTH DAY” shiori ostida yoshlar marafoni tashkil etildi. Marafon «Sog’diyona» stadioni yonidan SHarof Rashidov bog‘igacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi.

Ushbu marafonda Jizzax politexnika institutidan ham bir qancha rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Marafon yakunida institut «Sanoat texnologiyalari» fakulteti ESBKI va T yo‘nalishi 230-16 guruh talabasi Xolmo‘minova Saboxat eng faol ishtirokchi nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Aziz yoshlar!

Jizzax politexnika instituti nomidan sizlarni bugungi bayramingiz – Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

Yoshlar – jamiyatimizning muhim qismi ekanini eʼtirof etarkanmiz, aynan oʻsib kelayotgan avlod davlatimizning barqaror rivojlanishini, avlodlar almashinuvini taʼminlash, alal oqibat ilm-fanning oʻsishiga, iqtisodiy yutuqlarga erishishimizga, tarixiy qadriyatlarimizni saqlashga masʼul ijtimoiy qatlam ekanligini idrok etamiz. Mamlakatimiz rivojlanishining har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan siz yoshlarning unga munosabatingizga, sizlarning fikrlash va hayot tarzingizga bogʻliq. Shu tufayli ham bugunga kunga kelib yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishini taʼminlaydigan milliy manfaatimiz obyektiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Aziz yoshlar, men sizlarga bugungi bayramingiz munosabati bilan Oʻzbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun ulkan hissalar qoʻshadigan yangi avlod boʻlib yetishishingizga, shunga bor kuchingizni sarflashingizga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshman!

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

«QVZ» ko’rik-tanlovining 2019-yilgi mavsum hududiy saralash bosqichi 22-iyun kuni 15:00 da Jizzax  viloyat musiqali drama teatrida bo’lib o’tdi. Unda Jizzax politexnika institutining «Yumoristlar» jamoasi, Jizzax davlat pedagogika institutining «Jizzaxlik jiyanlar» jamoasi, Guliston davlat universtitetining «Bojalar» jamoasi, Samarqand veterinariya meditsina institutining «Maroqand» jamoasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Kengashining «Yangiyer yoshlari» jamoalari ishtirok etishdi.

Жиззах политехника институти ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти етакчиси М. Тожибоев ва институтдаги муддатли ҳарбий хизматни тамомлаб тавсиянома асосида ўқишга қабул қилинган талабалар ва иттифоқ фаоллари Жиззах шаҳридаги Қалия қабристонида ободонлаштириш ишларини олиб бориш учун «Ёшлар ҳашари»ни ташкил этдилар.

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar