Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Konferensiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019 yil 25 fevraldagi 133-sonli farmoyishi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida 2019 yil 4-5 aprel kunlari o’tkazilgan Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalarimavzusidagi vazirlik miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman MATERIALLARI.

Yuklab olish


AXBOROT XATI

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019 yil 25 fevraldagi 133-sonli farmoyishi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadidaZamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalarimavzusidagi vazirlik miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman 2019 yil 4-5 aprel kunlari o‘tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi:

  • G‘ildirakli va gusenitsali mashinalarni ekspluatatsiya qilish; muhandislik tizimlari mashinalari va jarayonlarining zamonaviy muammolari;
  • Arxitektura va qurilishdagi innovatsiyalar, yo‘l inshootlarini loyihalash hamda qurilish buyumlari va konstruksiyalarining dolzarb muammolari;
  • Muxandislik kommunikatsiyalari va ekologik dolzarb muammolar hamda engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanish tendensiyalari;
  • Metrologiya va standartlashtirish, elektr va elektromexanik apparatlar; elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va aloqa sohasi yangiliklari
  • Kimyoviy materiallar va moddalarga ishlov berish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari sohasida innovatsiyalar;
  • Ta’limda axborot va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi.

Maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to‘plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo‘mitasi maqola, tezislarni sifatiga javobgar emas. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar

  • Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki Jizpi_konfe@jizpi.uz elektron pochta manziliga jo‘natilishi talab etiladi.
  • Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog‘ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o‘ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim.
  • Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. Ikkita bo‘sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo‘sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Adabiyotlar ro‘yxati to‘liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar albatta ko‘rsatilishi lozim. Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.
  • Fayl nomi muallifning familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo‘sh joylar qoldirish taqiqlanadi.
  • Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart dasturlarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • anjumanda qatnashish uchun sho‘‘ba nomi ko‘rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2019 yil 25 martgacha;
  • badal puli har bir sahifa uchun 12000 so‘m to‘laganligi haqidagi hujjatlar faks (0372) 226-45-47 yoki skaner qilingan holda elektron pochta orqali yuborish muddati 2019 yilning 25 martgacha.

Badal puli to‘lash uchun hisob raqami: O‘zR Moliya vazirligi Gaznachiligi, Markaziy Bank BB-XKKM Toshkent shahri, JizPI, sh/xv 400110860084017950100079001 INN:201672757

Jizzax shahriga kelish va ketish, mehmonxonada yashash bilan bog‘liq harajatlar ishtirokchilarning o‘z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo‘lsa joy bron qilish uchun talabnomada ko‘rsatilishi lozim.

Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 130100, Jizzax shahri, I.Karimov shoh ko‘chasi, 4 uy. Ilmiy bo‘lim. tel.: (0372) 226-57-00, Faks: (0372) 226-45-47, JizPI. E.mail: Jizpi_konfe@jizpi.uz

 Anjumanga qiziqish bildirganligingiz uchun minnatdormiz!

Tashkiliy qo‘mita


Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari

  1. – to’plam – yuklab olish
  2. – to’plam – yuklab olish

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar