Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

  • Bosh sahifa
  • -
  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) Berdiyorov Temur Azamatovich
Qabul vaqti: DushanbaChorshanba
Telefon: +998722265700
E-mail: berdiyorov.temur@jizpi.uz

Berdiyorov Temur Azamatovich 1984 yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug’ilgan. Berdiyorov Temur Azamatovich 2007 yilda Jizzax politexnika institutining “Menejment” yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Ish faoliyatini 2008 yili Ishonch banklararo sug’urta kompaniyasi Jizzax filialida menejerlik lavozimidan boshlagan.

T.A.Berdiyorov 2012-2014 yillar davomida Jizzax politexnika instituti “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2016-2019 yillarda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan. 2014 yildan Jizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va Menejment” kafedrasida assistant, katta o’qituvchi va dotsent vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlab kelmoqda.

2022 yil fevral oyidan Jizzax politexnika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

2021 yil 18 noyabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Ilmiy kengashda 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

T.A.Berdiyorov jami 40 dan ortiq ilmiy va o’quv-uslubiy ishlar chop etgan bo’lib, 6 ga yaqin xorijiy loyihalarda ishtirok etgan.